Назм
***
Борми дунёда бунингдек, элсевар раҳбар киши,
Қадрига ет ўзбегим ул меҳрибон Юртбошимиз.
Мингта луқмон умрини бер, бу азиз инсонингга,
Чунки халқ бахти учун, марди майдон Юртбошимиз.
Бу калом тилдан эмас,
дил тубидан чиққан эрур,
Эрта кеч дуодамиз,
бўлсин омон ЮРТБОШИМИЗ.
***
Омон бўлсин юртбошимиз
Миллат эрки улуғликдан нишонадир,
Юртбошимиз бунда ҳар зум парвонадур.
Тинчликсевар халқим доим дуодадур,
Соғлик сўранг удир бизнинг йўлбошимиз,
Омон бўлсин бизнинг буюк юртбошимиз.
Қайга борсак деймиз доим вқор бирла,
Ўзбекистон юртим менинг тинч остона,
Кўкдан тушиб қолмаган бу шодиёна
Биз баҳтлимиз бирдам бўлсак халқим дея,
Элни биртан қилган буюк юртбошимиз.
Қанча давон пасту баланд ўтиб келдик,
Зулмларга адолатни қалқон этдик,
Мустақилмиз энди халқим деб сўзлаган,
Халқи учун чин қайғурган кўп қайғурган,
Омон бўлсин бизнинг буюк юртбошимиз.
Хар жабхада меҳнати жо, ҳар заррада,
олам аҳлин қилдиряпмиз-ку хайратда.
Боғ яратиб, бино қуриб зар тупроқда,
Тинчлик билан халққа меҳрин берган инсон,
Бўлсин бизнинг юртбошимиз доим омон.
Дейди доим асра, ярат, қилгин обод,
Ўқи, излан, бўлгин ҳалол яна бўл мард,
Барпо этар спорт уй-у боғ-у, мактаб,
Шу ватанга йўлатмаган хеч бир кулфат
Омон бўлсин бизнинг буюк юртбошимиз.
***
….Yurt Boshimiz Sog’ Bo’lsin…
Ko’rgan ko’zlar quvnagay.
Xotirjam dil chog’ bo’lsin.
Tinch yurtimning baxtiga.
Yurt boshimiz sog’ bo’lsin.
Zamon bilan xamnafas.
Yashashimiz chakkimas.
Eng muximi xalqqa bas.
Yurt boshimiz sog’ bo’lsin
Osmon tinchligi uchun.
Zamon tinchligi uchun.
Erishilgan baxt uchun.
Yurt boshimiz sog’ bo’lsin.
Tinch yurtga to’y yarashar.
Tinchlik shodlik ulashar.
Duo qiling birodar.
Yurt boshimiz sog’ bo’lsin.
G’animlar qolsin dog’da.
Qolsin jarda tuzoqda.
Ollox asrab panoxda.
Yurt boshimiz sog’ bo’lsin.
O’zbekning baxti uchun.
Shijoat shaxti uchun.
O’z taxti axti uchun.
Yurt boshimiz sog’ bo’lsin.
Bizdek yoshlar uchunxam.
Qalam qoshlar uchunxam.
Tog’lar toshlar uchunxam..
Yurt boshimiz sog’ bo’lsin.
Yaratgandan so’rang do’st.
Uzoq umir tilang do’st.
Sardorda bir tilak so’z.
Yurt Boshimiz Sog’ Bo’lsin..
***
Baxtimizga sog’ bo’ling qadrli otajon!!!
Mehmon bo’lib keling qishlog’imizga,
Bir piyola choy ustida suhbat quramiz.
Tinch osuda hayot qurib bergansiz,
Kelajak haqida o’ylar suramiz.
Sochingiz oqlariga havasim keldi,
Almashgum sochimning tolalarini.
Bizni deb ko’zingiz nurlari ketdi,
Bersaydim ko’zimning qoralarini.
Butun bir dunyoga hali ko’rasiz,
O’zbekning kimligin eslatib qo’yay.
O’shal Ameriqo-yu Yevropalikni,
Lol bo’lib yoqasin tutganda ko’ray.
Hali katta bo’lay Islom bobojon,
Siz uchun ataylab doston bitaman.
Bu baytni kashtalab ajib bir matoga,
Yuz yoshingizda sizga hadya etaman,
Yuz yoshingizda sizga hadya etaman!!!
Sizning baxtli farzandingiz!
***
Menda bir tuyg‘u bor aytmasam bo‘lmas
Buni xar yurtdoshim sezsa qaniydi
Dunyoda o‘zbekni bilmaganlar xam
Islom Karimovni yaxshi taniydi
Tarixga bo‘ylasak millatin nomin
Olamga taratgan o‘zbeklar bisyor
Lek bizning zamonda yurtimiz shanin
Yurtboshidan yuksak ko‘targan kim bor.
O‘ylang axir, bo‘yin egmay qullikka
Kim buzdi biz bandi yotgan qafasni
Bizlarni kim eltdi mustaqillikka
Xudo yorlaqagan shu zod emasmi
Bu na taqdir xukmi, bu na bir sinov
Bu na bir sinoat edi do‘stlarim
Promitey quyoshdan olganday olov
Bu asl matonat edi do‘stlarim
Bu mushkul xol go‘yo bir gala bo‘ri
Tish qayrab turganday qo‘ylarga qarab
Qudratin ko‘rsatib yo‘lbarslar zo‘ri
Xafni daf etganga ketardi o‘xshab
Bu jur’at oldida o‘rmonda qolgan
Do‘stlari nurga zor o‘ltirgan nafas
O‘z qalbin sug‘irib mash’ala qilgan
Dankoning jurati xech narsa emas
Xa oson kelmagan xurlik ayyomi
Uyquda edik bu kunga yetguncha
Millatin uyg‘otgan siymoning nomi
Istiqlol so‘ziga egiz tushuncha
Zero biz kim bilan kirdik daf`atan
Dunyo deb atalmish kenglik qariga
Kim chiqdi ilk bora bizning millatdan
B.M.T ning yuksak minbarlariga
Xar birimizda iftixor g‘urur
Diyonat iymonga keng yo‘l berildi
Ulug‘ soxibqiron Jaxongir Temur
Qaysi zod azmila qayta tirildi
O‘tmishdan atalgan savodsiz avom
Dunyoga kimligin aytdi kim bois
Ruxlari qaqshagan minglab ulug‘ nom
Buyuklar safiga qaytdi kim bois
Zarracha xushomad yo‘q bu so‘zlarda
Ulug‘lar baxoga muxtojmas aslo
Chunki ortda qolgan yorqin izlarda
Aks etib turibdi eng yuksak baxo
Yo‘qlikka singidi qanchalab daxo
Tizimlar zarbiga dosh bera olmay
Istiqlol me’mori bo‘lgan bu siymo
Millat otasiga aylanib qolgay
Dildan ne so‘rasak beradi xudo
Eltadi buyuklik qoyalariga
Yakdil xizmat qilsak, etsak jon fido
Islom Karimovning g‘oyalariga
***